Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi bemorni ro‘yxatga olish uchun 5000 so‘m so‘ragani uchun ishdan bo‘shatildi.
Prezident sog‘liqni saqlash tizimida patronaj xizmatini yo‘lga qo‘yishga oid videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari rahbarlarni ushbu jarayonni nazorat qilishi uchun viloyatlarga mas’ul etib belgiladi. 1 mayga qadar Sirdaryo viloyati tajribasi respublikaning barcha hududlarida boshlanishi kerakligi aytildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Sog‘liqni saqlash kodeksining loyihasini tayyorladi. Ushbu sohadagi amaldagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarning normalari birlashtirilishi kutilmoqda.
Prezident farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab qishloq vrachlik punkti — oilaviy shifokor punkti deb, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi — oilaviy poliklinika deb qayta nomlanadi. OTMni oxirgi 3 yilda tamomlab, qishloq joyga ishlashga borganlarga 30 mln so‘m pul mukofoti beriladi. Ular uy-joy bilan ham ta’minlanadi.
Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi o‘tkaziladi. Oilaviy shifokor, terapiya va pediatriya bo‘yicha yordamchilar, hamshira va doyadan iborat guruhlar tuziladi. Bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi ishlab chiqiladi. Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilmoqda.
Prezident qaroriga asosan 2021 yil 1 yanvardan boshlab 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa xavf omillarini aniqlash bo‘yicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Prezident qarori bilan Sirdaryo viloyatidagi ko‘p tarmoqli poliklinikalarda tajriba tariqasida «To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi» xonalari tashkil etiladi. O‘rganishlar natijasida bu amaliyot butun respublikada hayotga tadbiq etiladi.
Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarini bayram bilan qutlab, 2020 yil O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov, izchil rivojlanish va yangi tajriba orttirish yili bo‘lganini ta’kidladi.
Kelgusi yildan boshlab bolalarga vitaminlar, parazitlarga qarshi dorilar, yod preparatlari, 35 yoshgacha bo‘lgan ayollarga foliy kislotasi va ferrum bepul beriladi. Prezident ushbu amaliyot bekor qilingani bois davolanish uchun 10 marta ko‘proq mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelayotganini qayd etdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatilib, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi joriy etildi. Sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbari hokimlar bilan kelishilgan holda lavozimlariga tayinlanadi.
Jahon bankining 2020 yil uchun e’lon qilingan inson kapitali indeksida ilk bor O‘zbekiston ham qatnashib, 62 foizlik natija bilan MDH davlatlari orasida Belarus (70 foiz), Rossiya (68 foiz) va Qozog‘istondan (63 foiz) keyingi o‘rinni egalladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting